19:01 / 24.02.2016
10418

Turkiya futboli afsonasi Erdo‘g‘anni haqoratlashda ayblanib qamalishi mumkin

Turkiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Hoqon Shukurga mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni ijtimoiy tarmoq orqali haqoratlagani uchun qamoq jazosi tahdid solmoqda.

Istanbul prokuraturasi 44 yoshli sobiq futbolchiga u tvitteri orqali Erdo‘g‘anning sha'niga nomunosib so‘zlar aytgani bo‘yicha ayblov e'lon qilgan.

L'Équipe nashri xabariga ko‘ra, ayni vaqtda Kaliforniyada istiqomat qilayotgan Hoqon Shukurga 4 yillik qamoq hukmi chiqarilishi mumkin.

Qayd etish kerakki, Hoqon Shukur 2008 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan, keyin siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagandi. U Erdo‘g‘an boshchiligidagi partiya vakili bo‘lgan.

Top