10:41 / 25.02.2016
3930

Aktrisa Demi Mur televideniyega qaytmoqda

Aktrisa Demi Mur so‘nggi 20 yil ichidagi birinchi katta roli uchun televideniyaga qaytmoqda. Bu haqda The Hollywood Reporter xabar berdi.

Mur «Vodiyda 10 kun» dramatik teleshousida ishtirok etadi. Bosh qahramon ayol – yozuvchilik ichiga ko‘milgan, qattiq ayriliqni boshidan o‘tkizayotgan yolg‘iz ona. Kunlarning birida 5 yoshli qizchasini yotog‘idan olib qochishadi, Demi Mur qahramoni esa farzandini qaytarish uchun barcha narsaga tayyor bo‘ladi.

1981–1984 yillarda aktrisa «Asosiy gospital» serialida suratga tushadi. Keyin esa katta kino olamiga o‘tib ketadi. Uning eng mashhur filmlari - «Ruh», «Yaxshi yigitlar», «Soldat Jyeyn», «Bemani taklif».

Bundan avvalgi xabarlarda aktrisa ajrashuvdan 16 yil o‘tib, sobiq turmush o‘rtog‘i Bryus Uillis birgalikda filmda suratga tushishi ma'lum bo‘lgan edi.

Top