11:02 / 25.02.2016
2710

«Roma» TV boshlovchisi Spalettini haqoratlovchi postga «layk» bosgani uchun ishdan bo‘shatildi

«Roma» jamoa televideniyesida boshlovchi sifatida ishlagan Francheska Briyentsani ishdan bo‘shatdi.

Bunga ushbu jurnalistning Facebook ijtimoiy tarmog‘ida jamoa bosh murabbiyi Luchano Spalettini jamoaning ko‘p yillik sardori Franchesko Tottini xafa qilgani uchun ko‘prikdan uloqtirib yuborish taklif etilgan postni «layklagani» sabab bo‘lgan.

Briyentsa bu ishi uchun, o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi do‘stlaridan biri joylashtirgan postni o‘qimasdan unga «layk» qo‘yib yuborgani uchun uzr so‘ragan.

Qayd etish kerakki, Briyentsa «Roma»ning sobiq bosh murabbiyi Rudi Garsiyaning mahbubasi hisoblanadi.

Top