16:27 / 25.02.2016
66043

O‘zbekistonda avtomobillar sotib olish tartibi o‘zgarishi mumkin

Vazirlar Mahkamasi Qarorining loyihasi yangi avtomobillar savdosi bilan shug‘ullashni faqat yuridik shaxslar – O‘zbekiston hududida texnik xizmat ko‘rsatish shahobchalariga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchi-tashkilotlarning rasmiy dilerlari orqali amalga oshirishni nazarda tutadi.

Davlat portallarida Vazirlar Mahkamasining “Texnik xizmat ko‘rsatishni mukamallashtirish va avtotransport vositalaridan xavfsiz foydalanishni ta'minlash to‘g‘risida”gi Qarori loyihasining muhokamasi boshlandi.

Xujjatda 2017 yil 1 yanvardan M1 (yengil) va N (yuk) kategoriyali yangi avtomobillari savdosini faqat yuridik shaxslar – O‘zbekiston hududida texnik xizmat ko‘rsatish shahobchalariga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchi-tashkilotlarning rasmiy dilerlari orqali amalga oshirish taklif etiladi, deb xabar beradi norma.uz.

Shuningdek, IIV faqat talablar to‘liq bajarilgandagina yangi avtomobillar savdosi uchun maxsus ma'lumotlar va hisob-kitoblar blankini taqdim etadi.

Qaror loyihasida avtotransport vositalariga xizmat ko‘rsatish shahobchalarini tashkil etish qoidalari ham mavjud.
Eslatib o‘tamiz, avvallari boshqa texnik xizmat ko‘rsatish shahobchalari bilan yangi mahalliy avtomobillarga savdooldi xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida kelishuv imzolagan dilerlarga ham yangi avtomobillarni sotib olishga ruxsat berilar edi.

Top