09:56 / 26.02.2016
4070

Yevropa Ligasi. Nimchorak finalga chiqqan jamoalar nomi ma'lum bo‘ldi

24-25 fevral kunlari Yevropa Ligasida 1/16 final bosqich javob uchrashuvlari o‘tkazildi va nimchorak finalga yo‘llanma olgan barcha jamoalar nomi ma'lum bo‘ldi.

24 fevral kuni Portugaliyaning "Braga" jamoasi o‘z maydonida Shveytsariyaning "Son" jamoasini qabul qildi va 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Birinchi uchrashuvda portugallar safarda 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgandi va bu durang jamoani keyingi bosqichga olib chiqdi.

Ispaniya va Angliya jamoalari turnirni yo‘qotishlarsiz davom ettirmoqda. Keyingi bosqichga Germaniyadan 2ta, Italiyadan esa bitta jamoa yo‘l olgan, nimchorak finalda Fransiya, Gollandiya va Rossiyadan vakil bo‘lmaydi.

Ispaniya

Ispaniyaning turnirda ishtirok etayotgan 4 jamoasi bir hafta oldin o‘tkazilgan birinchi uchrashuvlar vaqtida 4ta g‘alaba qayd etishgandi. Javob uchrashuvlarida ham ular o‘zlarini qoniqtiradigan hisoblarni qayd etishdi. "Valensiya" o‘z uyida Avstriyaning "Rapid Vena" jamoasiga 6ta gol yo‘llagandi, javob o‘yinida esa Gari Nevill shogirdlari 4ta gol bilan kifoyalanishdi. "Atletik" esa safardan 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgan va "basklar"ni uydagi har qanday durang natija qoniqtirardi va amalda ham shunday bo‘ldi (1:1). "Villyarreal" esa turnir favoritlaridan biri sanalgan Italiyaning "Napoli" jamoasini qoldirib ketdi (1:0, 1:1). "Sevilya" javob o‘yinida norveglarning "Molde" jamoasidan yengildi (0:1), lekin birinchi uchrashuvdagi yirik hisobdagi g‘alaba (3:0) keyingi bosqich yo‘llanmasini ta'minladi.

Atletik Ispaniya – Marsel Fransiya 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 40 Batshuayi, 1:1 – 81 Sabin Merino.
Atletik – Yago Errerin, De Markos, Echeyta, Laport, Balensiaga, Iturraspe, San Xose, Susayeta (Mikel Riko, 88), Raul Garsiya (Sabin Merino, 76), Inigo Lekue (Muniain, 58), Aduris.
Marsel – Mandanda, Mankilo (Toven, 85), Nkulu, Rekik (Alessandrini, 87), Mendi, Diarra, Isla, Kabella, Fletcher, Nkudu, Batshuayi.
Ogohlantirishlar: Nkulu (34), San Xose (38), Mendi (38), Aduris (53), Nkudu (75), Diarra (90).
Dastlabki o‘yin: 1:0

Rapid Vena Avstriya – Valensiya Ispaniya 0:4 (0:0, 0:4)
Gollar: 0:1 – 59 Rodrigo, 0:2 – 63 Feguli, 0:3 – 72 Pyatti, 0:4 – 88 Ruben Vezu.
Rapid Vena – Shtrebinger, Pavelich, Zonnlyaytner, Xofmann, Veber, Graxovats, Petsos, Shvab, Murg (Shaub, 83), Alar (Shobesberger, 70), Prosenik (Yelich, 64).
Valensiya – Rayan, Barragan, Mustafi, Ruben Vezu, Gayya (Toni Lato, 46), Xavi Fuego (Tropi, 79), Danilo, Feguli, Rodrigo, Pyatti, Negredo (Rafa Mir, 64).
Ogohlantirishlar: Pavelich (37), Xofmann (57).
Dastlabki o‘yin: 0:6

Melde Norvegiya – Sevilya Ispaniya 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 43 Xestad.
Melde – Xorvat, Toyvio, Gabrilsen, Forren, Flu, Mostrem (Strann, 80), Eursnes, Berg (Strande, 90), Xestad, Svenssen (Diop, 67), Elyunussi.
Sevilya – Soriya, Mariano, Fasio, Kolodzeychak, Karrisu, Eskudero, Iborra, Konoplyanka (Figeyrash, 81), Banega, Reyyes (Kron-Deli, 55), Lorente (Gameyro, 62).
Ogohlantirishlar: Forren (66), Karrisu (80).
Dastlabki o‘yin: 0:3

Napoli Italiya – Vilyarreal Ispaniya 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 17 Gamshik, 1:1 – 59 Pina.
Napoli – Reyna, Xyusay, Albiol, Strinich (Madjo, 64), Kirikesh, Lopes Silva (Gabbyadini, 79), Valdifori (Jorjino, 75), Gamshik, Insine, Iguain, Mertens.
Vilyarreal – Areolya, Mario Gaspar, Musakko, Ruis, Kosta, Rukavina (Kastilexo, 77), Pina (Trigeros, 84), Soriano, Soldado (Adrian, 71), Suares, Bakambu.
Ogohlantirishlar: Rukavina (25), Gamshik (25), Lopes Silva (33), Soriano (36), Jorjino (83).
Dastlabki o‘yin: 0:1

Angliya

Bir hafta oldingi o‘yinlar vaqtida inglizlar 1ta mag‘lubiyat va 2ta durang qayd etishgandi. Safardagi bu qoniqarsiz natijalar uy o‘yinlarida to‘g‘rilandi. "Manchseter Yunayted" Daniya vakili "Midtyullann"ni yirik hisobda (5:1) taslim etdi. "Liverpul" esa "Augsburg" ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qildi, "Tottenhem" o‘zining jiddiy sanalgan raqibi "Fiorentina"ni 3:0 hisobida yengdi.

Manchester Yunayted – Midtyullann 5:1
Gollar: Bodurov, 32 (avt), Reshford, 63, 75, Errera, 87 (pen), Depay, 90 - Sisto, 27
MYu: Romero, Varela, Karrik, Blind, Rayli (Roxo, 78), Shneyderlen, Errera (Pul, 90+1), Lingard (A. Pereyra, 86), Mata, Depay, Rashford
Midtyulann: Andersen, Romer, Xansen, Bodurov, Novak, Sparv, Sisto, Poulsen, Olsson (Pushich, 79), Xassan (Kadlets, 67), Urenya (Onuachu, 46)
Ogohlantirishlar: Lingard – Romer, Novak, Xansen
Chetlatish: Romer, 89
Dastlabki uchrashuv: 1:2

Liverpul Angliya – Augsburg Germaniya 1:0
Gol: 1:0 – 5, penalti Milner.
Liverpul – Minole, Klayn, Leyva, Sako, Moreno, Milner, Xenderson, Djan, Koutino (Joau Karlush, 80), Firmino, Starridj (Oriji, 66).
Augsburg – Xitts, Verxag, Yanker (Parker, 90), Klavan, Stafilidis, Gu Chja Chxol (Moravek, 80), Kor, Essvayn, Xalil Altyntop, Verner (Bobadilya, 72), Kayubi.
Ogohlantirishlar: Stafilidis (26), Kayubi (45), Firmino (57), Yanker (87).
Dastlabki o‘yin: 0:0

Tottenhem Angliya – Fiorentina Italiya 3:0
Gollar: 1:0 – 25 Meyson, 2:0 – 63 Lamela, 3:0 – 81, avtogol Rodriges.
Tottenhem – Loris, Tripper, Alderveyreld, Vimmer, Devis, Dayyer, Meyson (Uinks, 87), Eriksen, Alli (Bentaleb, 84), Lamela (Onoma, 76), Shadli.
Fiorentina – Teterushanu, Tomovich, Rodriges, Astori, Alonso, Vesino, Badel (Fernandes, 82), Valero (Blashchikovski, 74), Bernardeski, Kalinich, Ilichich (Sarate, 61).
Ogohlantirishlar: Vimmer (17), Tripper (38), Tomovich (45), Alonso (61), Alli (78), Devis (90).
Dastlabki o‘yin: 1:1

Germaniya

Germaniyaning "Ausburg" jamoasi Angliyaning "Liverpul" klubiga 2 o‘yin (0:0, 0:1) natijasiga ko‘ra yengilgan bo‘lsa, "Shalke" Ukrainaning "Shaxtyor" jamoasi bilan safarda 0:0 hisobini qayd etgan va javob uchrashuvi oldidan yaxshi imkoniyat saqlab qolgandi. Lekin gilzenkirxenliklar o‘z uylarida 0:3 hisobida yengilishdi. Germaniyaning turnirdagi yana 2 jamoasi esa ishonch bilan davom etmoqda. Dortmundning "Borussiya" jamoasi "Portu"ni 2 uchrashuvda 2:0 va 1:0 hisoblarida mag‘lub etgan bo‘lsa, "Bayyer" "Sporting"ni safarda 1:0, o‘z maydonida esa 3:1 hisoblarida yengdi.

Shalke-04 Germaniya – Shaxtyor Ukraina 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 26 Marlos, 0:2 – 63 Ferreyra, 0:3 – 77 Kovalenko.
Shalke-04 – Fermann, Kaysara, Matip, Noyshtedter, Kolashinats (Aogo, 46), Gays, Gorettska (Di Santo, 45), Sane, Belxanda, Shopf (Sem, 58), Xuntelar.
Shaxtyor – Pyatov, Srna, Krivtsov, Rakitskiy, Ismaili, Malyshev, Stepanenko, Marlos (Vellington Nem, 74), Kovalenko, Tayson (Eduardo, 80), Ferreyra (Boryachuk, 89).
Ogohlantirishlar: Ismaili (2), Stepanenko (32), Gorettska (35), Tayson (43), Marlos (53).
Dastlabki o‘yin: 0:0

Portu Portugaliya – Borussiya D Germaniya 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 23, avtogol Kasilyas.
Portu – Kasilyas, Pereyra, Layyun, Markano, Xose Anxel, Ruben Nevesh, Danilu Pereyra, Marega, Evandro (Errera, 71), Varela (Braimi, 66), Abubakar (Xen Chjun Suk, 56).
Borussiya D – Byurki, Ginter, Bender, Xummels (Subotich, 46), Shmeltser, Gyundogan (Shaxin, 46), Vaygl, Mxitaryan, Kagava, Roys (Ramos, 70), Obameyang.
Ogohlantirishlar: Evandro (14), Ruben Nevesh (56), Byurki (58), Shaxin (59), Pereyra (90).
Dastlabki o‘yin: 0:2

Bayyer Germaniya – Sporting Portugaliya 3:1 (1:1, 2:0)
Gollar: 1:0 – 29 Belarabi, 1:1 – 38 Joau Mariu, 2:1 – 65 Belarabi, 3:1 – 87 Chalxano‘glu.
Bayyer – Leno, Yedvay, Ta, Papadopulos (Kruz, 88), Vendell, Belarabi, Kramer, Chalxano‘glu, Brandt (Mexmedi, 46), Ernandes, Kissling (Ramalo, 63).
Sporting – Ruy Patrisiu, Joau Pereyra, Naldo, Everton, Jyefferson, Bruno Sezar (Jyelson Martinsh, 78), Vilyam Karvalyu, Akvilani, Joau Mariu, Karlush Mane (Ruis, 62), Guterres (Slimani, 67).
Ogohlantirishlar: Vilyam Karvalyu (33), Mexmedi (80), Ramalo (90).
Dastlabki o‘yin: 1:0

Italiya

Odatda Yevropa ligasida yaxshi ishtirok etadigan italyan jamoalarida bu safar nimchorak finalda faqat bir jamoa ishtirok etadi. Turkiyaning "Galatasaroy" jamoasi to‘sig‘idan o‘tgan Rimning "Latsio" jamoasi Italiyaning yagona vakili. "Fiorentina" va "Napoli" turnirni tark etdi.

Latsio Italiya – Galatasaroy Turkiya 3:1 (0:0, 3:1)
Gollar: 1:0 – 59 Parolo, 2:0 – 61 Felipe Anderson, 2:1 – 62 Oztekin, 3:1 – 72 Kloze.
Latsio – Marketti, Konko, Maurisio, Bishevats, Radu, Milinkovich-Savich, Bigliya, Parolo, Felipe Anderson, Matri (Kloze, 70), Lulich (Kandreva, 57).
Galatasaroy – Muslera, Denayyer, Balta, Shedju, Karol, Donk (Kysa, 85), Inan, Saryoglu (Bulut, 66), Sneyder, Oztekin (Adyn, 76), Podolski.
Dastlabki o‘yin: 1:1

Boshqa jamoalar

Olimpiakos Gretsiya – Anderlext Belgiya 1:2 (1:0, 0:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 29, penalti Fortunis, 1:1 – 103 Achimpong, 1:2 – 111 Achimpong.
Olimpiakos – Roberto, da Koshta, Masuaku, Botia, Elabdellaui, Milivoyevich, Kambyasso (Zdelar, 67), Fortunis, Durmaz (Dominges, 51), Pulido (Seba, 83), Ideyye.
Anderlext – Proto, Mbodj, Desxaxt, Byuttner (Nyuytink, 90), Naxar, Badji, Djurichich (Suares, 82), Prat, Dendonker (Defur, 97), Achimpong, Okaka Chuka.
Ogohlantirishlar: Dendonker (10), Mbodj (29), Masuaku (35), Byuttner (45), Botia (57), Naxar (65), Dominges (69), Achimpong (86), Badji (88).
Dastlabki o‘yin: 0:1

Bazel Shveytsariya – Sent-Eten Fransiya 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 15 Dzuffi, 1:1 – 89 Sall, 2:1 – 90 Dzuffi.
Bazel – Vatslik, Lang, Suxi, Samuel (Fransson, 90), Safari (Traore, 72), Djaka, Dzuffi, Byarnason, Embolo, Delgado (Shteffen, 68), Yanko.
Sent-Eten – Ryuffe, Teofil-Katrin, Sall, Pogba, Tabanu, Lemuan (Esserik, 75), Kleman, Tannane (Amuma, 60), Koad, Monne-Pake, Baebek (Ru, 55).
Ogohlantirishlar: Tannane (31), Embolo (55), Teofil-Katrin (62), Esserik (82), Tabanu (82), Sall (90).
Chetlatishlar: Esserik (82), Embolo (84).
Dastlabki o‘yin: 2:3

Braga Portugaliya – Son Shveytsariya 2:2 (1:2, 1:0)
Gollar: 0:1 – 16 Gekas, 1:1 – 27, penalti Jozue, 1:2 – 29 Gekas, 2:2 – 48 Stoilkovich.
Braga – Mateus, Rikardu Ferreyra, Boli, Bayano, Marselo Goyyano, Luis Karlos, Jozue (Pedru Santush, 63), Mauro, Rafa Silva, Axmed Xassan (Ande Pintu, 90), Stoilkovich (Ruy Fonte, 81).
Son – Vanin, Ryufli, Vantsak, Ndoyye, Jane, Salatich, Fernandesh, Assifua (Bia, 76), Konate, Karlitush, Gekas (Zeman, 88).
Ogohlantirishlar: Vantsak (10), Jozue (62).
Dastlabki o‘yin: 2:1

Lokomotiv Rossiya – Fenerbaxche Turkiya 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 45 Samedov, 1:1 – 83 Topal.
Lokomotiv – Gilerme, Peychinovich, Chorluka, Dyuritsa, Denisov, Kolomeytsev, Ndinga (Mixalik, 13), Samedov, Fernandesh (Shkuletich, 73), Kasayev (Jyemaletdinov, 81), Miranchuk.
Fenerbaxche – Freytas, Genyul (Ozbayrakly, 44), Ker, Alvesh, Kaldyrym, Tufan (Kadlets, 75), Topal, Souza, Nani (Potuk, 80), van Persi, Shen.
Ogohlantirishlar: Kolomeytsev (53), Mixalik (54), Tufan (63), Souza (66), Jyemaletdinov (82).
Dastlabki o‘yin – 0:2.

Krasnodar Rossiya — Sparta Chexiya 0:3 (0:0, 0:3)
Gollar: Marechek, 51, Fridek, 57, Fatai, 70
Krasnodar: Dikan — Petrov, Grankvist, Strandberg, Kaleshin — Ahmedov, Kabore, Pereyra (Vanderson, 62) — Smolov (Torbinskiy, 75), Ari, Mamayev (Joazino, 62)
Sparta: Bichik — Kosta, Golek, Brabets, Zagustel — Vaxa, Marechek (Mateyovski, 79), Fridek, Dochkal (Konate, 84), Fatai (Yulis, 76) — Kreychi
Ogohlantirishlar: Kabore, Pereyra, Smolov — Marechek, Fatai
Chetlatish: Kabore, 68
Dastlabki uchrashuv: 0:1

Shu tariqa, Yevropa ligasining nimchorak finaliga quyidagi jamoalar yo‘l olishdi:

“Valensiya”, “Atletik”, “Vilyarreal”, “Sevilya”, “Liverpul”, “Manchester Yunayted”, “Tottenxem”, “Borussiya D”, “Bayyer”, “Latsio”, “Shaxtyor”, “Braga”, “Fenerbahche”, “Sparta”, “Bazel” va “Anderlext”.

Bugun Toshkent vaqti bilan soat 17:00da Yevropa Ligasining nimchorak final bosqichiga qur'a tashlash marosimi o‘tkaziladi.

Yevropa ligasining 1/8 final o‘yinlari 10 va 17 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Top