14:52 / 26.02.2016
3660

Xarper Li: Insonlarning bir turi mavjud – ular insonlar

Amerikalik yozuvchi ayol Xarper Li odatiy aviakompaniyalarda faoliyat yuritgan.

1956 yilda u do‘stlaridan: “Senda o‘zing istagan narsani yozishing uchun bir yillik mehnat ta'tili bor. Yangi yil bilan!” degan xat oladi.

Xarperning do‘stlari unga bir yillik to‘langan ta'tilni sovg‘a qilishadi va natijada “Masxara qiluvchini o‘ldirish” romani dunyoga keladi. Asar dunyo bo‘ylab 30 million nusxada bosib chiqarilib, ko‘p tillarga tarjima qilingan.

Shu yilning 19 fevral kunida Xarper Li vafot etdi. Keling, uning kelajak avlodga meros bo‘lib qoluvchi muhim mulohazalarini yodga olamiz:

• Barcha narsani bilishingni ko‘rsatish shart emas... Insonlarga kimningdir o‘zini aqlliroq tutishi yoqmaydi.
• Agar sen muloyim bo‘lsang, boshqalar bilan o‘zing qiziqqan emas, balki ularga qiziqarli bo‘lgan narsalar haqida suhbatlash.
• Insonning nuqtai nazaridan boqmay turib, uni chinakamiga tushuna olmaysan. Uning tanasiga kirib, u orqali yurish kerak.
• Shunchaki shunday insonlar borki, boqiy dunyo haqida haddan ziyod ko‘p o‘ylab, foniy dunyoda qanday yashash kerakligini hech qachon bila olishmaydi.
• Dunyoda insonlar bilan yashashdan avval, o‘z-o‘zim bilan yashab ko‘rishim lozim.
• Deyarli barcha inson ularni oxir-oqibat tushunib yetganingda yaxshi bo‘ladi.
• Agar yosh bola sendan biron narsa so‘rasa, olib qochmay, javob ber. Aldama ham. Bolalar o‘z nomi bilan bola, biroq ular hiyla-nayrang farqlashda kattalardan qolishmaydi. Va bu ularni fikrlashdan chalg‘itadi.
• Barcha bolalar ma'lum yoshga yetgach urishishni boshlaydi, ammo urishish bilan hech kimni lol qoldira olmasligini tushunganda, katta yoshga kirgan bo‘lishadi.
• Tongda doimo hamma narsa qo‘rqinchli emasdek tuyuladi.
• Insonlarda g‘alati bir odat bor: eng hayratlanarli vaziyatlarda ular o‘zlarini hech nima bo‘lmagandek tutishadi.
• Kimdandir nafratlansang, ko‘zinga hech nima yaxshi bo‘lib ko‘rinmaydi.
• Xilma-xillik uchun mushting bilan emas boshing bilan kurash.
• Dovyuraklik – bu mag‘lub bo‘lganingni avvaldan bilsang ham, ishni yakuniga yetkazish va hech narsaga qaramay olg‘a borish. Kamdan-kam g‘olib bo‘lasan, lekin ba'zida baribir g‘alaba qozonasan.
• Agar sen o‘zingni aybdor hisoblamasang, uzr so‘rashga hojat yo‘q.
• Men o‘ylaymanki, insonlarning bir turi mavjud – ular insonlar.

Top