20:30 / 26.02.2016
3087

Yurgen Klopp Yevropa Ligasi qur'asi "Liverpul"ga "MYu"ni raqib qilganidan xursand bo‘ldi

"Liverpul" jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Yevropa Ligasi turnirining nimchorak finalida "Manchester Yunayted"ga qarshi raqib bo‘lish uni quvontirgani haqida ma'lum qildi. U o‘z shogirdlari bundan oldingi bosqichda "Augsburg" to‘sig‘idan haqli ravishda o‘tganini ta'kidlagan.

"Manchester Yunayted" bizga raqib bo‘lgani ajoyib xabar. Qur'a oson keldi deb bo‘lmaydi. Lekin qur'adan oldin mendan qaysi jamoa tushishini istashimni so‘rashganida faqat "Yunayted" degan bo‘lardim.

Biz ichki chempionatda bu jamodan mag‘lub bo‘lgandik, garchi yaxshiroq o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsakda. Taqdir bizga buning uchun qasos olishga imkoniyat tuhfa qildi. Endi avvalgi xatoni to‘g‘rilashimiz kerak", deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Telegraph nashri.

Yevropa ligasining 1/8 finalida «Liverpul» «MYu» bilan o‘ynaydigan bo‘ldi

Top