14:42 / 27.02.2016
2942

Janni Infantino: «Men dunyoga shunchaki yevropalik nomzod emasligimni ko‘rsatib qo‘ymoqchiman»

FIFAning yangi prezidenti Janni Infantino yangi lavozimida siyosiy maqsadlarni ifodalamasligiga ishonch bildirdi.

Siyosat haqida
Men futbol olamining parchalanib ketgani haqidagi fikrlarga qo‘shilmayman. Saylovlar bo‘lib o‘tdi, kofederatsiyalar o‘rtasidagi urush emas. Saylovda kimdir g‘olib bo‘ladi, kimdir yutqazadi, hayot esa o‘z oqimida davom etadi.

Afrikada mening ko‘plab do‘stlarim bor. Men bu qit'aning ko‘plab mamlakatlariga safar qilganman. Bunday gapni Osiyo haqida ham, Okeaniya, Amerika haqida ham aytishim mumkin. Menda butun dunyodagi mamlakatlar bo‘ylab hamkorlarim bor.

Biz birgalikda ishlaymiz va dunyoga men shunchaki UYeFAdan ko‘rsatilgan nomzod emas, futboldan ko‘rsatilgan nomzod ekanimni ko‘rsatamiz. Biz shu yerdamizmi, futbol uchun ishlashimiz kerak, siyosat uchun emas.

FIFAning yangi bosh kotibi kim bo‘lishi haqida
"Menda hozir bu lavozim uchun bir qancha nomzod bor. Kimni tanlash tashkilot kengashiga havola. Bu juda muhim lavozim. Men bu lavozimni o‘ta kuchli inson egallashini istayman. Men avval aytganim, FIFA rahbariga aylansam, bosh kotiblikka yevropalik emas, boshqa qit'a vakili tayinlanishini ta'minlayman, deb. Shunday bo‘ladi", deydi Infantino.

Eslatib o‘tamiz, tashkilotning bundan oldingi bosh kotibi Jyerom Valke shu yilning yanvar oyida tashkilotdagi korrupsiya mojarosiga aralashgani uchun 12 yilga futbol faoliyatidan chetlashtirilgandi. Uning vazifasini vaqtinchalikka Markus Kattner bajarib turibdi.

Top