15:32 / 28.02.2016
7504

Tamagir hamshira jazolandi

Yo‘lda ketayotib kutilmaganda yiqilib tushib, jarohat olgan fuqaro shifoxonaga borishga majbur bo‘ladi. Shifokorlar tomonidan bemorga kerakli yordam ko‘rsatiladi.

Bir muddat o‘tib, uning yoniga mazkur shifoxonada hamshira bo‘lib ishlovchi ayol kelib, bemordan shubhalana boshlaydi va “Sen yiqilmagansan, balki urishgansan va buni atay yashirayapsan. Buni kerakli odamlarga yetkazaman, o‘zingga yomon bo‘ladi”, deb po‘pisa qila boshlaydi.

Shundoq ham joni og‘rib turgan, ortiqcha yozuv-chizuv va g‘avg‘oga toqati yo‘q bemor rostdan ham yiqilib, jarohat olganiga uni ishontira olmaydi. Shundan keyin qulog‘im tinchir deya, cho‘ntagidagi 41 ming so‘m pulni hamshiraga beradi. Biroq, baribir, hamshiraning bu jinoiy qilmishidan ichki ishlar xodimlari xabar topdi.

“Yoshi endigina 30 dan oshgan bu hamshiraning tovlamachiligi, ta'magirligiga o‘z vaqtida chek qo‘yilmaganida yana qancha bemorlarning tashvishiga tashvish qo‘shishi mumkin edi”, deb yozadi “Ogoh” nashri.

Top