14:29 / 28.02.2016
4270

Tina Kandelakining yoqimtoylari

Uch oydan buyon Rossiyada «Match TV» telekanali ishlab kelmoqda. Bu vaqt davomida telekanal o‘z so‘zini aytib ulgurdi. Unda sport olamidagi katta musobaqalar namoyish etilmoqda. Uchta futbol kanali esa Yevropaning kuchli chempionatlari o‘yinlarini yoritadi. Chempionat.com sayti «Match TV»da eng ko‘p uchrashuv sharhlagan jurnalistlarning ro‘yxatini tuzdi. Ro‘yxatdagilarni telekanal rahbari Tina Kandilakining yoqimtoylari deb atashdi.


9-10. Roman Trushechkin. 7ta o‘yin sharhlagan. 1996 yildan buyon futbol shahrlaydigan Trushechkin Angliya va Fransiya chempionatlari o‘yinlarini sharhlab boradi.


9-10. Georgiy Cherdantsev. 7ta o‘yin. NTVda yulduz bo‘lgan Cherdantsev yangi telekanalda unchalik ko‘p o‘yinlarda ishlagani yo‘q. Uning «bufonishshe» deb baqirishi tashrif qog‘oziga aylangan.


7-8. Vladimir Stogniyenko. 8ta o‘yin. Roma Angliya chempionati o‘yinlarida ishlaydi. Avallari u Ispaniya chempionati va Ispaniya kubogi o‘yinlarini sharhlab borardi.


7-8. Nobel Arustamyan. 8ta efir. Nobelitto telekanalning ekspertlaridan bo‘lib, Italiya chempionati o‘yinlarini sharhlaydi.


5-6. Aleksandr Shmurnov. 9ta efir. Qariya avval faqat Italiya chempionatida ishlardi, hozir esa Angliya va Fransiya chempionatida ham faol ishlamoqda.


5-6. Konstantin Genich. 9ta efir. Sobiq futbolchi bo‘lgan Genich shubhasiz NTVning eng yaxshi sharhlovchisi edi. Yangi telekanalda ham unga asosiy o‘yinlarni ishonishadi.


4. Roman Gutsayt. 12ta efir. Telekanalning eng bama'ni xodimi. U hech qachon qaysidir futbolchining ustidan kulmaydi. Emotsiyani qanday taqsimlashni biladi.


3. Yuriy Rozanov. 13ta efir. Angliya chempionatida ishlaydigan Rozanov chuqur tahlili bilan boshqalardan ajralib turadi.


2. Denis Kazanskiy. 15ta efir. Kazanskiy boshqalarga o‘xshab faqat axborot bermaydi, lekin uning ovozi futbol uchun yaralgandek. U shubhasiz ayni vaqtda telekanalning eng yaxshi futbol shahrhlovchisi.


1. Aleksandr Tkachev. Bu reytingdagi yagona futbol sharhlamaydigan jurnalist. U 1988 yildan buyon xokkey sharhlab keladi. Tina uning ovozini yoqtiradi va shu sabab Sasha qisqa vaqtda 22ta o‘yin sharhlagan.

Top