16:59 / 29.02.2016
12942

4 yoshli qizni o‘ldirganlikda gumon qilinayotgan ayolning shaxsi aniqlandi

4 yoshli bolaning qotili sifatida gumon qilingan ayol metroning “Oktyabrskoye Pole” bekatida qo‘lga olingan, xabar beradi “Moskovskiy komsomolets”.

Bu haqda huquqni muhofaza qilish organlari manbalari ma'lumot bergan.

Xabarga ko‘ra, gumondor kelib chiqishi O‘zbekistonning Samarqand viloyatidan bo‘lgan 38 yoshli Gulchehra Boboqulova aytilgan.

Taxminlarga ko‘ra, ushbu xonadonga enaga bo‘lib yollangan ayol uy egalari katta farzandlarini olib uydan chiqib ketishgach, noma'lum sabablarga ko‘ra, qizchani vahshiylarcha o‘ldirib, uyni yoqib yuboradi.

U bolaning kesib olingan boshi bilan metro bekati atrofida o‘zini portlatib yuborish haqida tahdid qilayotgan paytda qo‘lga olingan.

Ayolning o‘zini tutishi tufayli jinoiy ishga psixokriminalistlar jalb etilgan.

Top