09:57 / 29.02.2016
2880

«Barselona» mag‘lubiyatsiz seriyani 34 o‘yinga yetkazdi va «Real»ning rekordini takrorladi

«Barselona» Ispaniya chempionati 26-turida «Sevilya»ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratish orqali «Real»ning rekordini takrorladi.

Bu g‘alaba kataloniyaliklarning barcha musobaqalarda ketma-ket 34 uchrashuvni mag‘lubiyatsiz o‘tkazishi bo‘ldi (28 g‘alaba va 6ta durang).

Shu tariqa kataloniyaliklar 1988/89 yilgi mavsumda Madridning «Real» klubi tomonidan o‘rnatilgan 34 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyani takrorlashga muvaffaq bo‘lishdi.

Top