14:12 / 29.02.2016
2239

«Bavariya»ning sobiq prezidenti muddatidan avval ozodlikka chiqdi

«Bavariya» jamoasining sobiq prezidenti Uli Xyoness bugun, 29 fevral kuni muddatidan avval ozodlikka chiqdi. Bu haqda Spiegel xabar tarqatgan.

Ushbu 64 yoshli futbol amaldori 2014 yilning mart oyida 28,5 mln yevro miqdoridagi soliqni to‘lamaganlikda ayblanib, 3,5 yillik qamoq jazosiga hukm etilgan edi.

Xyoness qamoqda muddatini o‘tash vaqtida qamoqxonani tark etish va «Bavariya»ning yosh futbolchilari bo‘limida ishlash huquqiga ega bo‘lgan.

«Bavariya»ning sobiq prezidenti qishning so‘nggi kunida qamoqdan chiqadi

Top