15:47 / 29.02.2016
19725

Nukusda piyodalar o‘tish joyini bildirishning oddiy usulini o‘ylab topishdi

Avtomobillar serqatnov bo‘lgan katta yo‘llarning ma'lum qismida piyodalar o‘tish uchun maxsus yo‘laklar mavjud. To‘siqlar bilan ikkiga ajratiladigan yo‘llarda haydovchilar uchun ham, yo‘lovchilar uchun ham ma'lum qiyinchiliklar bor. O‘rtacha tezlik bilan harakatlanayotgan avtomobil egasi o‘tish yo‘laklarini uzoqdan payqamasligi mumkin. Ayniqsa, mashina serqatnov yo‘llarda. Kutilmaganda yo‘lning qatnov qismida piyodalarning paydo bo‘lishi, buning ustiga svetafor o‘rnatilmagan bo‘lsa, kutilmagan vaziyatni keltirib chiqarishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida bunga oddiy yechim topishdi. Shahar ko‘chalarida yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi maxsus devorning piyodalar o‘tish joyiga yaqin qismi haydovchilarga qulay tarzda pasaytirilgan. Bu belgi yaqin masofada piyodalar o‘tish yo‘lakchasi borligini anglatadi. Buni yondoshuvning o‘ziga xos oqilona ko‘rinishi, deb baholash mumkin.

“Aslida, murakkab savolning javobi oddiy bo‘ladi, deyishadi. Ha, bu hikmatni nukusliklar yana bir bor tasdiqlashdi”, deb yozadi sohil.uz.

Top