15:29 / 29.02.2016
8215

OAV: Florentino Peres Ronalduni ortiq «Real»da ko‘rishni istamayotganini bildirdi

Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres Krishtianu Ronalduni ortiq o‘z jamoasida ko‘rishni istamayapti. Bu haqda Diario Gol internet-nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan ma'lumotga ko‘ra, «Qirollik klubi» rahbari Ronalduning oxirgi turda ko‘rsatgan o‘yinidan qattiq norozi bo‘lgan. Bu haqda o‘z hamkasblariga ma'lum qilgan.

«Men uni ortiq «Real»da ko‘rishni istamayman», — deya ta'kidlagan Peres jamoasining «Atletiko»dan uchragan mag‘lubiyatidan (0:1) keyin.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Peres bosh murabbiy Zinedin Zidan bilan uchrashib, fransuz mutaxassisiga to‘liq ishonishini bildirgan va unga transfer siyosati vaqtida to‘liq kart-blansh berilishini ma'lum qilgan. Qayd qilinshicha, Zidan mavsum yakunida o‘ziga ma'qul bo‘lmagan istalgan futbolchi bilan xayrlashishi ham mumkin bo‘ladi.

Top