13:40 / 29.02.2016
3468

Pike: Qo‘limni kesib tashashim mumkin, Neymar hech qachon «Real»ga o‘tmaydi

Kataloniyaning «Barselona» klubi himoyachisi Jyerar Pike jamoaning braziliyalik futbolchisi Neymarning «Real»ga o‘tmasligiga ishonchi komil ekanini bildirib o‘tdi.

«Qo‘limni kesib tashashim mumkin, Neymar hech qachon «Real»ga o‘tmaydi. Unga Barselona juda yoqadi, u jamoamizni juda yaxshi ko‘rib qolgan.

O‘ylashimcha, u hali uzoq yillar «Barselona» safida to‘p suradi», — deya Pikening so‘zlaridan iqtibos keltiradi As.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Neymarning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasini 2021 yilga qadar uzaytirishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, kataloniyaliklar bu xabarni futbolchining soliqlarni to‘lashda firibgarlik qilgani bo‘yicha sudga chaqirilgani uchun e'lon qilmay turibdi.

Top