10:34 / 01.03.2016
2214

«Arsenal» yozda Riyod Mahrezni sotib olmoqchi

«Arsenal» «Lester»dan jazoirlik yarim himoyachi Riyod Mahrezni sotib olishni rejalashtirgan. Bu haqda ESPN xabar tarqatgan.

Manbaning ma'lum qilishicha, londonliklar yozgi transferlar vaqtida ushbu futbolchi uchun taklif bilan chiqishadi. Arsen Venger vakillari ancha vaqtdan buyon uning o‘yinlarini kuzatib bormoqdaligi aytilgan.

Joriy mavsumda jazoirlik futbolchi Angliya chempionati doirasida 26 o‘yinda maydonga tushib, 14ta gol urdi va 10ta golli uzatma muallifiga aylandi. Uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilgacha tuzilgan.

Bundan oldinroq, «tulkilar» jamoasi murabbiyi Klaudio Raneri bu futbolchi boshqa jamoaga ketish haqida o‘ylayotgan bo‘lsa, uni zaxiraga mixlab qo‘yishini aytgandi.

Raneri Mahrezni zaxiraga mixlab qo‘yishdan tap tortmasligini aytib o‘tdi

Top