13:58 / 02.03.2016
2974

Apple egiluvchan iPhone’ni patentlashtirdi

Amerika patentlar va savdo belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish byurosi Apple tomonidan taqdim etilgan yangi 54 ta patentni e'lon qildi. Ularning orasida “Egiluvchan elektron qurilmalar” nomli patent o‘z e'tiborini tortdi.

Aniq bir vaziyatda, korpusi va barcha ichki komponentlari egiluvchan, organik yorug‘lik diodlaridan tashkil topgan OLED-displey va akkumulyatorli iPhone haqida gap ketmoqda. Patentda aytilishicha, bunday texnologiya iPhone, iPad, Apple Watch va boshqa taqib yuriluvchi qurilmalarga qo‘llanilishi mumkin.

Hujjatga ko‘ra, bunday qurilmalar egilishni seza olishi mumkin. Maxsus sensorlar egilish kuchi va darajasini ro‘yxatga oladi, shu orqali foydlanuvchi axborotlarni yangi usulda kiritishlari va boshqarishlari mumkin. Masalan, qurilmani aylantirilganda uning ishlash rejimini o‘zgartirish, uni o‘chirib, qayta yoqish imkoniyati mavjud bo‘ladi.

Bundan tashqari, egiluvchan konstruksiya qurilma tushib ketganda zarar kamroq olishni ta'minlab beradi.

Top