10:11 / 02.03.2016
8891

Belgiyalik garaj o‘rnatishga qo‘yilgan taqiqni osongina hal etdi

Belgiyaning Zegels shahri hukumati kichik oziq-ovqat do‘konining sobiq ho‘jayini Erik Vekemanga garaj eshiklarini o‘rnatishni taqiqladi. Ammo tadbirkor bu taqiqni osongina hal etish yo‘lini o‘ylab topdi. Bu haqida Flabber nashri xabar beradi.

Vekemanning so‘zlariga ko‘ra, ikki yil avval u do‘konini rivojlantirish bilan shug‘ullanmay qo‘yadi va uni o‘z uyiga aylantirishga qaror qiladi. Biroq mahalliy qabul qilingan munitsipalitet qonun unga binoning tashqi ko‘rinishini, hattoki yangi kirish joyini o‘zgartirishni ham man etdi.

Vekeman agar garaj eshigi sezilarli bo‘lmasa, hukumat tomonidan nazoratchilar hech qanday shikoyat bo‘lmaydi. Shu sababli u tashqaridan xuddi derazaga o‘xshab turuvchi mashina chiqishi uchun joy qildi.

Garajni ochish uchun Vekemandan bor-yo‘g‘i 2 daqiqa talab etiladi. Lekin u bu ishni yanada tezroq amalga oshirish niyatida: «Bu mening navbatdagi loyiham bo‘ladi. Men darvozani avtomatlashtirishni istayman».

Top