17:09 / 02.03.2016
4879

«Galatasaroy» bir yilga yevrokuboklardan chetlashtirildi

Yevropa futbol ittifoqi (UYeFA) Turkiyaning «Galatasaroy» futbol klubini bir yilga yevrokuboklarda ishtirok etishini taqiqlab qo‘ydi.

Voetbal International nashri bergan ma'lumotga ko‘ra, klub tashkilotning moliyaviy feyr-pley talablarini buzgani uchun shunday qarorga kelingan. «Galatasaroy» mazkur qaror yuzasidan apellyatsiya berishi mumkin.

Qayd etib o‘tish joizki, «Galatasaroy» shundoq ham yevrokuboklardan quruq qolishi mumkin. Sababi jamoa hozirda Turkiya chempionatida bor-yo‘g‘i 5-o‘rinda bormoqda.

Top