13:47 / 02.03.2016
3020

Nazarboyev terrorizmni din bilan bog‘lamaslikka chaqirdi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘z halqini terrorizmni din bilan bog‘lamaslikka chaqirdi, deb xabar beradi "Kazinform".

“Men bir necha marotaba terrorizmni tinchliksevar islom dini va boshqa dinlar bilan bog‘lamaslik kerak ekanligini ta'kidlagan edim. Bizning tashabbusimiz tufayli, shu yilning may oyida BMT Bosh Assambleyasida “Din va dunyo ” mavzusida yuqori darajadagi muloqot o‘tkaziladi”, - Qozog‘istonda akkreditatsiya qilingan diplomatik korpus bilan bo‘lgan bugungi uchrashuvda shunday deb aytib o‘tdi prezident.

Davlat rahbari barcha mamlakatlarni yuqorida aytib o‘tilgan forumda qatnashishni va “bir ovoz bilan terrorizmga, ekstremizmga va global yovuzlikni din orqali niqob qilishlikka qarshi kurashish” kerakligini aytdi.

Top