21:52 / 02.03.2016
3739

Ronaldu Yevropa chempionatlarining fevral oyi bo‘yicha ramziy terma jamoasiga kira olmadi

Yevropa sport nashrlari uyushmasi (ESM) qit'adagi milliy chempionatlar ishtirokchilari orasidagi eng yaxshilar aniqlangan so‘rovnoma natijalarini e'lon qildi. "Real" hujumchisi ketma-ket oltinchi marta sport nashrlari talqiniga ko‘ra tuzilgan ramziy terma jamoadan joy olmadi. Lionel Messi esa keyingi 6 oy ichida ilk marta ushbu ro‘yxatda qayd etildi.

Ushbu so‘rovnomada WorldSoccer (Angliya), Fanatik (Turkiya), Tipsbladet (Daniya), Marca (Ispaniya), ELFVoetbal (Gollandiya), Kicker (Germaniya), ABola (Portugaliya), DeTelegraaf (Gollandiya), SoFoot (Fransiya), Sport/VoetbalMagazine (Belgiya), FrankfurterAllgemeine (Germaniya), NemzetiSport (Vengriya), GoalNews (Gretsiya) “Sport-Ekspress” (Rossiya) kabi nufuzli nashrlar ishtirok etgan.

Fevral oyining ramziy terma jamoasi: Buffon ("Yuventus", 4 ovoz); Pishchek ("Borussiya" D, 5), Bonuchchi ("Yuventus", 12), Godin ("Atletiko", 6), Pike ("Barselona", 6); Buskets ("Barselona", 5), Myuller ("Bavariya", 5), Kante ("Lester", 4); Messi ("Barselona", 13), Suares ("Barselona", 11), Levandovski ("Bavariya", 5).

Top