16:12 / 04.03.2016
1848

Igor Sergeyev 2015 yilgi O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi

Toshkentning «Paxtakor» klubi hujumchisi Igor Sergeyev o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bergan.

O‘zbekiston olimpiya (U-23) hamda milliy terma jamoasi hujumchisi to‘purarlar poygasida jami 24ta gol bilan «Qizilqum» hujumchisi Bahriddin Vahobovni (21 ta gol) ortda qoldirdi.

Qayd etish joiz, Igor Sergeyev o‘tgan mavsum davomida ikki marotaba, iyun hamda oktabr oylarida chempionatning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e'tirof etilgan edi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi uchun mazkur sovrin faoliyatida birinchisi bo‘ldi.

O‘zbekiston chempionati–2015 to‘purarlari kuchli uchligi:

1. Igor Sergeyev («Paxtakor») – 24 ta gol
2. Bahriddin Vahobov («Qizilqum») – 21 ta gol
3. Sanjar Shoahmedov («Lokomotiv») – 14 ta gol

Top