15:18 / 04.03.2016
19378

Kofeni foydali ichimlik deb topishdi

Kishining bir kunda 0.9 litr (taxminan oltita standart qadah) kofeni iste'mol qilishi, skleroz bo‘lish xavfini kamaytirar ekan. Shu sababli shifokorlar profilaktika maqsadida yoshlarga va kattalarga kofeni iste'mol qilishni maslahat berishdi. Tadqiqotchilarning ushbu ilmiy ishi Journal of Neurology Neurosurgery & Psychiatryda chop etildi.

Ular o‘zlarining tavsiyalarini quyidagi sabablar bilan tushuntirib berdilar. Ichimlik tarkibidagi kofein moddasi, neyroprotektor xususiyatiga ega bo‘lib, sklerozni keltirib chiqaruvchi yallig‘lanish davomida sodir bo‘ladigan kimyoviy reaksiyalarni to‘xtatishi mumkin. Shifokorlar ikki reprezentativ tadqiqot o‘tkazishdi.

Birinchi tadqiqotda sklerozga chalingan shvetsiyalik 1620 nafar yoshi katta kattalar va 2788 nafar sog‘lom kishilar, ikkinchi guruhda esa — AQShdan 1159 nafar sklerozga chalingan kattalar va 1172 nafar sog‘lom kishilar tanlab olingan. Ulardan 15-19 yoshlaridan 40 yoshlarigacha bo‘lgan davr mobaynida qancha hajmda kofe ichganliklarini taxminiy hisobini berishni so‘rashgan.

Ikkinchi tadqiqotda esa qatnashuvchilardan kofeni eng ko‘p iste'mol qilingan porsiyalari haqida so‘rashgan. Har kuni bitta yoki bir qancha qadah ichganlardan, ular qachon muntazam ravishda kofe ichishni boshlaganliklarini eslab ko‘rishni aytishgan. Shu orqali olimlar kofeni iste'mol qilish sklerozning rivojlanishiga qanday ta'sir ko‘rsatishini bilib olishgan.

Shvetsiya va AQShdan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, oxirgi besh-o‘n yil ichida har kuni olti stakandan kofe iste'mol qilganlarda skleroz iste'mol qilmaganlardan 28-30 foizga kamroq bo‘lgan.

Olimlarning ta'kidlashlaricha, ular skleroz rivojlanishining kichik xavfi va kofeni iste'mol qilishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasini topganlariga ishonchlari yo‘q. Lekin ularning hayvonlarda olib borgan tadqiqotlarga ko‘ra, kofeni iste'mol qilish neyrodegenerativ (Altsgeymer va Parkinson) kasalliklarini profilaktika qilish uchun foydasi borligini aytishgan.

 

Top