11:06 / 05.03.2016
3128

AQShda po‘chog‘idan tozalangan apelsin sotuvi tvitlar tufayli to‘xtatildi

Tvitter ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilarini AQShdagi Whole Foods do‘konlar tarmog‘ida po‘chog‘idan tozalangan hamda plastik o‘ramlarga joylashtirilgan apelsin mevasi g‘azabga soldi. Bu haqda Fox News xabar bermoqda.

Natijada do‘kondan bir necha soatlardan so‘ng, ushbu mahsulot olib tashlangan. Mevalarning taxminan 450 grammi 5,99 dollardan sotilgan.
«Biz shuncha plastik sarflamasligimiz uchun faqat tabiatgina bu apelsinlarni qanday o‘rashni o‘rgatishi mumkin», — deb yozdi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri va fikriga do‘kondan tushirgan suratni ilova qildi.

Unga 70 mingdan ziyod foydalanuvchi izoh qoldirdi. Kompaniya bunga javoban bundan byog‘iga apelsinlar o‘zlarining “tabiiy o‘ram”larida sotilishini aytib o‘tgan.

Top