11:45 / 05.03.2016
3181

Xitoy keyingi besh yil ichida gender nomutanosiblikni kamaytirishni mo‘ljallamoqda

2020 yilga kelib Xitoy aholisi 1,42 mlrd kishiga yetadi, deb xabar bermoqda «Sinxua» agentligi.

Bu haqida 2016 yildan 2020 yilgacha mamlakatni rivojlantirishning yangi besh yilligi doirasida taqdim etilgan.

XXR milliy statistika byurosi ma'lumotiga ko‘ra, 2015 yilning oxirida mamlakat aholisi 1,37462 mlrd kishini tashkil etgan.

Rejada hukumat har bir oilaga ikki nafardan farzand ko‘rish chora-tadbirini hayotga to‘la tatbiq etishni hamda gender nomutanosiblikni kamaytirishni mo‘ljallamoqda.

Top