18:40 / 06.03.2016
5237

Omskda muzlab qolgan ispaniyalik sayyoh topildi

Rossiyaning Omsk teplotrassasida qo‘l-oyoqlari qattiq muzlagan holdagi xorijlik aniqlangan, deb xabar bermoqda Top55 nashri.

Ruschani bilmaydigan erkak shifoxonaga olib borilgan. U yerda erkakning ismi Peter Kontoral ekanligi, u Omskka Madriddan kelgani aniqlangan. Ispaniyalik sayyoh Omsk viloyatidagi qishloqlardan birida uyi borligini aytgan.

Shifoxonada xorijlikning bir necha barmoqlari qorason (gangrena) boshlangani tufayli olib tashlangan.

Erkakning ma'lum qilishicha, u umr bo‘yicha sayyohlik bilan shug‘ullangan va deyarli Yevropaning yarmini piyoda bosib o‘tgan.

Top