08:51 / 06.03.2016
22832

Ramzon Qodirov Ruslan Chagayevning jangiga izoh berib o‘tdi

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov WBA versiyasi bo‘yicha "muntazam" jahon chempioni Ruslan Chagayevning avstraliyalik Lukas Braun bilan o‘tkazgan jangiga izoh berib o‘tdi. Chagayev Grozniyda bo‘lib o‘tgan jangning 10-raundida raqibiga texnik nokaut bilan yutqazdi.

"Kolizey" sport saroyida Ruslan Chagayev va Lukas Braun o‘rtasidagi jang yakunlandi. Barcha raundlar davomida ustunlik Chagayev tomonda bo‘ldi. Biroq 10-raundda Ruslan bir nechta zarbalarni o‘tkazib yuborgandan keyin hakam jangni to‘xtatdi, biroq Chagayevning o‘zi uni davom ettirishga tayyor edi. Shu tariqa, WBA versiyasi bo‘yicha super og‘ir vazn toifasidagi muntazam chempion kamari Braunga nasib qildi. Shunga qaramay, butun zal Ruslanni olqishladi. U buyuk bokschi va hurmatga sazovor sportchi", deb yozdi Qodirov instagramdagi sahifasida.

Ta'kidlab o‘tish joizki, Qodirov jang oldidan boks rivojiga qo‘shayotgan hissasi uchun WBA kamari bilan taqdirlandi.

Top