14:43 / 06.03.2016
17020

Ruslan Chagayev: Voqealar bunday tus olgani uchun uzr so‘rayman

5 mart kuni Grozniy shahrida, super og‘ir vazn toifasining WBA (Regular) kamari uchun o‘tkazilgan jangda o‘z kamarini avstraliyalik raqibi Lukas Braunga boy bergan o‘zbekistonlik Ruslan Chagayev bahs haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

Uning fikricha referi uchrashuvni erta tugatib, xatoga yo‘l qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, bu jangning 10-raundi vaqtida referi Chagayevga texnik mag‘lubiyat yozgandi.

"Voqealar bunday tus olgani uchun uzr so‘rayman. Referi nima uchun jangni to‘xtatganini bilmayman. Raqibning zarbasini tasodifan o‘tkazib yuborgan bo‘lsamda, jangni davom ettirishga tayyor edim. Ammo hakam negadir jangni to‘xtatishga qaror qildi", - deydi Chagayev jangdan so‘ng bergan intervyusida.

"Qaror muhokama qilinishi kerak emas. Chagayev ikkita ana shunday zarbani o‘tkazib yubordi. Shundan so‘ng men jangni davom ettira olmasdim. Bu standart texnik nokaut hisoblanadi", - deydi referi Stenli Xristodulu.

Top