22:13 / 06.03.2016
11029

Xitoylik iPhone olish uchun qizini sotib yubordi

19 yoshli xitoylik iPhone va mototsikl sotib olish uchun yangi tug‘ilgan qizini sotib yubordi. Bu haqda TheEpochTimes nashri xabar bermoqda.

Xitoy nashrining ma'lum qilishicha, Duon ismli bu yigit bir yil avval 18 kunlik qizini onasining roziligisiz 23 ming yuanga (3500 dollar) sotib yuborgan.

Qahri qattiq otaning o‘zi bekorchi bo‘lgan va uzukun vaqtini internet-kafeda o‘tkazgan. Qizning onasi yanada ham yoshroq bo‘lgan. Yigit qizi uchun xaridorlarni QQ savdo maydonchasida topgan. Xaridor qizchani o‘z singlisiga bermoqchi bo‘lgan.

Keyinroq ota o‘z aybiga iqror bo‘lib politsiyaga kelgan. Sud barcha vaziyatni hisobga olib, qizchaning otasini 3,5 yillik qamoq jazosiga, onasini esa 2,5 yillik shartli jazoga mahkum qildi.

Shuningdek, politsiya qizchani sotib olganlarga ham murojaat qilgan. Sudlangan ota-ona qizining tarbiyasi bilan shug‘ullana olmasligi bois, qizcha hanuzgacha xaridorning singlisinikida qolmoqda.

Top