08:19 / 07.03.2016
4197

Elektron pochta ixtirochisi vafot etdi

Elektron pochta ixtirochisi Roy Tomlinson 74 yoshida yurak xurujidan vafot etdi, deb xabar bermoqda xorijiy OAV.

Amerikalik dasturchi Tomlinson internetning asoschilaridan biri va elektron pochta ixtirochisi sifatida tanilgan. Aynan u @ (kuchukcha) belgisini elektron pochtalar nomlarida ishlata boshlagan. Bu belgidan hanuzgacha foydalanib kelinadi.

Tomlinson bir kompyuterdan ikkinchisiga elektron xabarni jo‘natish g‘oyasini birinchi bor 1971 yilda bildirgan. Uning ixtirosi ARPANET va umuman internetning rivojlanishi uchun turtki bo‘ldi. 2012 yilda Tomlinson "Internet shon-sharafi zali"ga innovator sifatida kiritilgan.

Top