16:31 / 07.03.2016
2958

Jon Lennonning bolalikda yozgan maktubi kimoshdi savdosiga qo‘yildi

"Bittlz" xonandasi bo‘lgan Jon Lennonning 11 yoshida xolasiga yozgan va shu vaqtgacha saqlanib qolgan maktubi kimoshdi savdosi orqali sotiladi. The Independent nashrida yozilishicha, maktubning dastlabki bahosi 30 ming dollar etib belgilangan.

1951 yilda 11 yoshli Lennon bu maktubni Rojdestvo bayrami kunlarida o‘z xolasi Garriyetning sovg‘alariga javoban minnatdorchilik sifatida yozgandi.

Lennon o‘z umri davomida ko‘p qarindoshlari hamda do‘stlariga ko‘plab maktublar yozgan, lekin Garriyet xolaga yuborilgan maktub hozirgacha saqlanib qolganlari orasida eng erta yozilganidir.

Bu maktubda kichkina Jon o‘z xolasiga yuborgan kitobi hamda ismi tushirilgan sochiq uchun minnatdorchilik izhor etgan va Yangi yil bilan tabriklagan.

Jon Lennonning 10 sm lik soch tutami 35 ming dollarga sotildi

Top