09:45 / 07.03.2016
5657

Messi Ispaniya chempionatida navbatdagi rekordni o‘rnatdi

Lionel Messi 8 mavsum qatorasiga kamida 20tadan gol ura olgan ilk futbolchi bo‘ldi.

«Barselona»ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionati 28-turida «Eybar»ga qarshi kechgan uchrashuvda ikkita gol urdi va jamoasining 4:0 hisobidagi g‘alabasiga hissasini qo‘shdi.

Opta resursi ma'lumotiga ko‘ra, bu Messining mavsumdagi 21-goli bo‘ldi va u Ispaniya primerasi tarixida 8 mavsum davomida yigirmatadan ortiq gol ura olgan ilk futbolchiga aylandi.

Krishtianu Ronaldu qatorasiga 7 mavsumdan buyon yigirmatadan gol urib kelmoqda. Bunga qadar Alfredo Di Stefano, Ferents Pushkash, Kini va Telmo Sarra 6 mavsum davomida bu ishni uddalagan.

Top