13:48 / 08.03.2016
2851

Messi: «Men, Suares va Neymar o‘rtasida hech qanday raqobat yo‘q»

«Barselona» jamoasining argentinalik hujumchisi Lionel Messi kataloniyaliklar jamoasining o‘yin uslubi haqida fikr bildira turib, jamoa hujum chizig‘ining boshqa vakillari bo‘lmish Luis Suares va Neymarni u bilan solishtirishlariga munosabatini aytib o‘tdi.

«Biz «Barselona» uchun ishlaymiz, o‘z-o‘zidan raqobat degan narsa bo‘lmaydi. Biz professionallarmiz, faqatgina, o‘z milliy terma jamoalarimiz safida bo‘lganimizdagina raqibga aylanishimiz mumkin. Hozir esa yo‘q», — deydi Messi.

Unga nega avval kataloniyaliklarning boshqa hujumchilari bilan bu qadar yaxshi chiqishib ketmagani haqida so‘rashgan.

«Bu savolga aynan qanday javob berishni bilmayapman. Avvalgi sheriklarim bilan ham bir-birimizni tushunishimiz yomon bo‘lmagan. Lekin albatta hozirgidagidek emas. Balki, uchalamiz ham lotin amerikaliklar ekanimiz uchundir», deydi Messi.

Eslatib o‘tamiz, bu trio joriy mavsumda barcha turnirlarda jami 100ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Top