17:31 / 08.03.2016
2260

Niko Kovach Frankfurtning «Ayntraxt» jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi

Frankfurtning «Ayntraxt» jamoasi Niko Kovachni yangi bosh murabbiy sifatida e'lon qildi.

44 yoshli bu xorvatiyalik mutaxassis bilan 2017 yilning yoziga qadar shartnoma tuzilgan. Agar jamoa mavsum yakunida bundesligani tark etadigan bo‘lsa, shartnoma bekor qilinadi.

Kovach bundan oldin 2 yil davomida Xorvatiya terma jamoasini boshqargan va 2014 yilgi jahon chempionatida ishtirok etgandi.

Eslatib o‘tamiz 6 mart kuni frankfurtliklar jamoasi rahbariyati Armin Feni bosh murabbiylikdan ozod qilgandi.

Ayni vaqtda jamoa 24 ochko to‘plagan holda turnir jadvalining 16-pog‘onasida qolmoqda.

Top