11:24 / 09.03.2016
4034

Mehnat vazirligi tarkibidagi migratsiya agentligining telegramda o‘z boti va kanali paydo bo‘ldi

Vazirlik tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish va aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligiga @migrationuzbot boti va @migrationuz kanali ishlab chiqildi.

Ushbu @mirgationuzbot boti yordamida agentlik Migratsiya bo‘limi, Lisenziya bo‘limi xamda Xususiy shartnoma berish bo‘limlari faoliyatida foydalaniladigan forma va blanklar ko‘chirib olish, agentlik qabul kunlari va manzili haqida batafsil ma'lumot olish mumkin. Qolaversa, agentlik faoliyatida ko‘p beriladigan savollarga javoblar xam joylashtirilgan.

Bundan tashqari, @migrationuz kanali orqali agentlik hayotida ro‘y berayotgan yangiliklardan birinchilardan bo‘lib tanishib borish imkoniyati ham yaratilgan.

Ushbu bot va kanali Mehnat vazirligi Axborot-kompyuter markazi tomonidan ishlab chiqilgan.

Top