12:04 / 09.03.2016
3383

Ramos: Agar muxlislar Ronalduning "Real"dan ketishini talab qilishsa, bu ahmoqlikdir

"Real" jamoasi himoyachisi Serxio Ramos Krishtianu Ronalduning ketishini istayotgan jamoa muxlislar xato fikrlashayotganini yana bir bor ta'kidlab o‘tdi.

Oxirgi vaqtlarda "Santyago Bernabeu"da ham muxlislar portugaliyalik bu futbolchiga qarshi hushtakbozliklar qilishi uchramoqda.

"Men bunday muxlislarga o‘z harakatlaridan to‘xtab, o‘ylab ko‘rishni tavsiya qilaman. Agar ular Ronalduning ketishini talab qilishsa, bu borib turgan ahmoqlikdir. Agar o‘tmishga qaraydigan bo‘lsak, Ronaldu har mavsumda barqaror o‘yin ko‘rsatib kelganini ko‘rishimiz mumkin", deya Ramosning so‘zlarini keltiradi AS nashri.

8 mart oqshomida "Roma"ga qarshi YeChLning nimchorak finalida kechgan uchrashuvda Ronaldu bir gol urib, bir golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Top