09:54 / 09.03.2016
2502

Ravshan Ermatov qozog‘istonlik yosh referilar uchun seminar o‘tkazdi

Shveytsariyaning Tsyurix shahrida bo‘lib o‘tgan FIFAning navbatdan tashqari Kongressida O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi bosh kotibi Sardor Rahmatullayev hamda Qozog‘iston Futbol Federatsiyasi bosh kotibi Azamat Aytxojin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgandi va unda o‘zaro hamkorlik borasida kelishuvga erishilgandi.

Unga binoan 8 mart kuni Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar guruhi Qozog‘iston Superkubogi uchun o‘yinni boshqarib borishdi.

Shuningdek, mazkur loyihaga ko‘ra, tashrif davomida Ravshan Ermatov Ostona shahrida qozog‘istonlik yosh referilar uchun seminar ham o‘tkazdi. Unda mashhur referi o‘z yordamchilari – Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov bilan birgalikda qozog‘istonlik hakamlarga o‘z tajribalari haqida so‘zlab berishdi.

Top