09:46 / 09.03.2016
10583

Toshkentdagi IKAT restoranida yong‘in chiqdi

9 mart kuni tongida Toshkent shahridagi IKAT restorani yona boshladi.

Shaharning Sebzor ko‘chasida joylashgan bu restorandagi yong‘in tasvirlari feysbukdagi «Voditeli Tashkenta» guruhiga joylashtirilgan.

Ayni vaqtda restoranga olib boruvchi yo‘llar yopilgan, hududda o‘t o‘chiruvchilar ish boshlagan.

Yong‘in sabablari haqida ma'lumotlar yo‘q va yong‘in tufayli ko‘rilgan zarar miqdori keltirilmagan.

Top