18:22 / 10.03.2016
2476

Obodonlashtirish oyligida nukusliklar faol qatnashmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 4 martdagi farmoyishiga muvofiq o‘tkazilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyligi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida 21 ming tupga yaqin turli manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqaziladi. 50 gektardan ziyod maydonga 13 mingdan ortiq gul ko‘chatlari ekish va turfa gullar urug‘ini sepish rejalashtirilgan.

Ayni paytga qadar Nukus shahar obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi 137 kilometr ariq va 24 suv nasosi ta'mirlandi. 2,2 kilometr yopiq gorizontal drenaj tozalandi. Ko‘cha va xiyobonlarni yoritadigan 221 kilometrlik elektr tarmoqlarining holati tekshiruvdan o‘tkazildi. 245 markaziy va ichki ko‘chalarga 6 ming 614 dona yoritgich, “Do‘stlik guzari” ko‘chasi va Amfiteatrga 38 dona projyektor o‘rnatildi. Eskirgan ko‘cha yoritgichlari energiya tejaydigan zamonaviylariga almashtirildi, deb yozadi O‘zA.

Aholi uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida ko‘p qavatli uylar qoshida maxsus zamonaviy chiqindixonalar tashkil etilgan. Ular suyuq va qattiq chiqindilar uchun alohida maxsus konteynerlar bilan ta'minlangan.

Boshqarma tomonidan shahar hududidagi 12 qabriston ham obodonlashtirilmoqda.

Top