23:59 / 10.03.2016
6031

Qozog‘iston maktablarida hijob o‘rab yurish taqiqlandi

Qozog‘iston maktab o‘quvchilari maktablarga hijob va kalta shimlarda bora olishmaydi, chunki maktab formasi ta'limning dunyoviy xarakteriga mos kelishi kerak, deb Qozog‘iston ta'lim va fan vazirligi matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda nur.kz portali.

Bunda ta'kidlanishicha, gap yagona maktab formasi haqida ketmayapti, vazirlik faqatgina o‘quvchilarning kiyimlariga umumiy talablarni tasdiqlagan.

"Bu har doim bo‘lgan, bunda hech qanday yangilik yo‘q. Ya'ni maktab, rahbariyat o‘quvchilar aynan qanday kiyim kiyishini tanlash huquqini o‘zida saqlab qoladi. Yagona narsa shuki, bu kiyim dunyoviy bo‘lishi kerak, ular qanday rangdga bo‘lishi standartlari mavjud. Biroq bu maktab formasi bo‘ladi", deyildi vazirlikda.

Bunda formaga turli dinlarga mansublikni bildiruvchi elementlar qo‘shilishiga ruxsat berilmaydi. Avval bu holat hujjatlashtirilmagan bo‘lgan. Endi kalta shim va hijoblar taqiqlanadi.

"Qozog‘iston – dunyoviy davlat. Maktab formasi ta'limning dunyoviy xarakteriga mos kelishi kerak", deyildi vazirlikda.

Qozog‘istonda maktab formasi standartlari tasdiqlangan hujjatga ko‘ra, maktab formasi rangi klassik uslubda, yagona rang gammasida, uchta rangdan ko‘p bo‘lmagan ranglardan foydalangan holda bo‘lishi kerak. Forma rangi sokin bo‘lib, yorqin ranglarda bo‘lmasligi kerak.

Top