20:34 / 11.03.2016
6902

Mirza Azizov Muqimiy teatriga direktor etib tayinlandi

“O‘zbekteatr” ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizovni Muqimiy nomidagi musiqali drama teatri rahbari etib tayinladi.

“O‘zbekteatr” ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi rasmiy vakilining tasdiqlashicha, Mirza Azizov 2016 yilning 1 martidan boshlab lavozimga kirishgan.

Ma'lumot: Mirza Azizov 1963 yil 22 mayda Namangan viloyatining Chust tumanida tug‘ilgan. 1987 yilda hozirgi O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat institutini tugatgan. Mirza Azizovning teatr va kino sohasida mehnatlari 1999 yil O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, 2015 yilda esa O‘zbekiston xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan.

Top