17:10 / 11.03.2016
1576

Sport: Levandovski va Morata Ronaldu ketmas ekan, «Real»ga o‘tishmaydi

Myunxenning «Bavariya» jamoasi hujumchisi Robert Levandovski ayni vaqtda Madridning «Real» jamoasi safiga o‘tishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Ispaniyadagi Sport internet sayti xabar tarqatgan.

Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, Polsha terma jamoasida asosiy hujumchi hisoblanadigan Levandovski madridliklar jamoasida Krishtianu Ronaldu o‘ynashda davom etar ekan, u bu jamoaga o‘tmaydi. Levandovski Ronalduning xudbinligi bilan to‘qnashishni istamayotgani aytilgan.

Shuningdek, «Yuventus» hujumchisi Alvaro Morata ham xuddi shu sabab bilan «Qirollik klubi»ga qaytishni istamaydi. Madridliklar jamoasi tarbiylanuvchisi bo‘lmish bu yosh futbolchi o‘zining «ko‘hna sinoralar»dagi holatidan qoniqish hosil qilayotganini bildirgan.

Qayd etish kerakki, joriy mavsum davomida ispan matbuoti «Real» rahbariyati jamoa tarkibini Levandovski va Morata bilan kuchaytirish maqsadida ekanini yozib kelgandi.

Top