14:40 / 12.03.2016
1261

Luis Enrike: "Barselona"ning eng asosiy raqibi "Atletiko"

“Barselona” klubi bosh murabbiyi Luis Enrike jamoasining Ispaniya chempionatidagi asosiy raqiblari o‘yinini tahlil qildi. “Kataloniyaliklar” bosh murabbiyi “Atletiko Madrid”ni jamoasining asosiy raqibi deb bilishini ma'lum qildi.

““Barselona”ning eng asosiy raqibi “Atletiko”, undan keyin esa “Real”. Biz chempionlik uchun kurashning hal qiluvchi pallasiga kirmoqdamiz. 2ta o‘yinda g‘alabaga erisha olmasak, imkoniyatlarimiz kamayadi. Bunga “Bavariya”ni misol qilish mumkin”, – dedi Luis Enrike.

Ma'lumot uchun, 28-turdan so‘ng “Barselona” 72 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Atletiko”da 64 va “Real”da esa 60 ochko bor. 

Top