18:16 / 13.03.2016
1476

Loran Blan «Manchester Yunayted»ni boshqarishi mumkin

Daily Star nashrida ayni vaqtda PSJ jamoasini boshqarib turgan Loran Blan «Manchester Yunayted»ga taklif etilishi mumkinligi haqida xabar berildi.

«Qizil iblislar» jamoasi rahbariyati ayni vaqtda jamoani boshqarib turgan gollandiyalik mutaxassis Lui van Gaal nomzodini qo‘llashi haqida bir necha bor ma'lum qilgan bo‘lsada, zimdan unga o‘rinbosar qidirishda davom etayotgani aytilgan.

Bungacha nashrlar yozda Manchesterda Joze Mourino ish boshlashi haqida ishonch bilan yozishayotgandi. Van Gaalning o‘rniga Rayan Giggz tayinlanishi mumkinligi haqida ham xabarlar berilgan.

Qayd etish kerakki, Blan o‘z vaqtida, futbolchi sifatida 2001-2003 yillar mobaynida «Manchester Yunayted» jamoasi sharafini himoya qilgandi va 48ta uchrashuvda ishtirok etgandi.

Ayni vaqtda «Manchester Yunayted» APLning 29 turidan keyin 47 ochko to‘plagan holda oltinchi o‘rnida bormoqda. Jamoa YeChLni tark etgach, Yevropa Ligasida ishtirok etishni boshladi. Turnirning nimchorak finalida «Manchester Yunayted» «Liverpul»ga qarshi juftlik hosil qilgan. O‘tgan haftada o‘tkazilgan birinchi uchrashuvda van Gaal shogirdlari safarda 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. Javob uchrashuvi 17 mart kuni «Old Trafford»da o‘tkaziladi.

Top