21:31 / 14.03.2016
1517

Tashqi ishlar vazirligida Vengriyaning yangi tayinlangan elchisi qabul qilindi

14 mart kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Vengriyaning yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Peter Santo bilan uchrashdi.

Vazir elchining ishonch yorliqlari nusxasini qabul qildi va uni yuqori lavozimga tayinlangani hamda Toshkent shahrida Vengriya elchixonasi faoliyat yurita boshlagani bilan tabrikladi.

Suhbat chog‘ida ta'kidlanganidek, ikki davlat ham diplomatik missiya ochilishini hamkorlikning barcha sohalarida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish uchun mavjud ulkan salohiyatni izchil va kompleks amalga oshirish imkoniyati deb hisoblaydilar.

Ikki tomon davlat tuzilmalari va ishbilarmon doiralari vakillari savdo-iqtisodiy, investitsion hamkorlikni faollashtirishdan, jumladan iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiya majlislarini o‘tkazish orqali aloqalarni mustahkamlashdan manfaatdor.

Uchrashuvda ba'zi xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Top