12:15 / 14.03.2016
1561

Xitoy hukumati yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi transportlar ustuvor maqsad ekanligini e'lon qildi

Yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi transportlar Xitoy uchun ustuvor maqsad ekanligi va havoning ifloslanishi bo‘yicha vaziyatni yaxshi tomonga o‘zgartirishi haqida XXR transport vazirligining transport xizmatlari departamenti direktori Lyu Syaomin xabar berdi.

“Yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi avtomobillarni kengaytirish va jamoat transportining ustuvorligi Xitoyning shahar transportini rivojlantirishda katta o‘rin tutadi”, — deb aytdi Lyu Syaomin. “Transport vazirligi, Rivojlanish va reformalar davlat qo‘mitasi, Sanoat va axborotlashtirish vazirligi, Moliya vazirligi va boshqa davlat organlari bilan birgalikda bu muhim vazifani amalga oshirishmoqda”, — deb davom ettirdi amaldor.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy yangi manbada harakatlanuvchi avtobuslarni 2020 yilga kelib, hozirgi 50 mingtadan 200 minggacha ko‘paytirishni rejalashtirgan. “Biz uchun havoning sifatini oshirish va avtomobil sanoatini rivojlantirish muhimdir”, — deb ta'kidladi Lyu Syaomin.
Xitoyda yangi manbada harakatlanuvchi transport vositalariga elektr quvvatida, suyultirilgan va siqilgan tabiat gazida va gibrid dvigatelda harakatlanuvchi mashinalar kiradi.

Top