18:10 / 15.03.2016
1927

O‘zbekistonlik yunun-rum kurashchilari xalqaro turnirda 11 medalni qo‘lga kiritdi

Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a'zolari Qozog‘istonda tashkil etilgan xalqaro turnirda o‘n bir medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tajribali sportchimiz, o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempioni, II o‘smirlar Olimpiadasi g‘olibi Ilhom Bahromov vazni 55 kilogrammgacha bo‘lgan kurashchilar bellashuvida barcha raqibini mag‘lubiyatga uchratib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Vazni 50 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bahsida Jasur Ortiqboyev, 60 kilogrammgacha og‘irlikdagi kurashchilar o‘rtasida Javohir Mirahmedov, 120 kilogrammgacha vazn toifasidagi polvonlar bellashuvida Daler Rahmatov birinchi o‘rinni egalladi.

Terma jamoamiz a'zolaridan Lochin Jo‘rayev, Abubakr Alimov, Jalg‘as Berdimurodov kumush medalni qo‘lga kiritdi. Muhammadqodir Yusupov, Salohiddin Xolmatov, Jahongir Madumarov va Muzaffar Komiljonov bronza medalga loyiq topildi.

Top