20:57 / 15.03.2016
1989

Qozog‘iston prezidenti iyun oyida Toshkentga ShHT yig‘ilishida ishtirok etish uchun keladi

2016 yilning 15 mart kuni O‘zbekiston Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Ikrom Nazarov Ostona shahrida Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyevga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV sayti xabar tarqatgan.

“Oqo‘rda” qarorgohidagi marosim doirasida qisqa suhbat bo‘lib o‘tdi. Qozog‘iston O‘zbekistonni Markaziy Osiyo mintaqasidagi strategik sherik deb hisoblashini Qozog‘iston Rahbari ta'kidladi. “Biz savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikning barcha yo‘nalishlarida samarali munosabatlar o‘rnatish uchun keng imkoniyatlarga egamiz”, - dedi N.Nazarboyev.

U Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlari Kengashining Toshkentda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etishni rejalashtirayotganini tasdiqladi.

Toshkentdagi ShHT yig‘ilishi 2016 yilning 23-24 iyun kunlarida bo‘lib o‘tadi.

Top