18:52 / 15.03.2016
8463

Rayhonning go‘zallik saloni ochildi

Nukuslik Rayhon Boymurodova 2015 yili “Mening biznes g‘oyam” tanlovi g‘olibi sifatida tijorat bankining 6 million so‘mlik imtiyozli krediti evaziga go‘zallik salonini tashkil etgan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Ikki kishi doimiy ish o‘rniga ega salonda sartaroshlik, soch turmaklash, yuz pardozi kabi xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan. Yosh tadbirkor kelgusida xizmat ko‘rsatish turi hamda ishchilar sonini kengaytirishni rejalashtirgan.

Suratlarda: 2-yosh tadbirkor Rayhon Boymurodova.

11-(o‘ngdan) Rayhon Boymurodova shogirdi Leyla Mambetaliyeva bilan ish paytida.

Top